
Volkanovski: "U men uchun ideal raqib"
UFC jangchisi Aleksandr Volkanovski(26-3) 17 fevral kuni Anaxaymdagi "UFC 298" turniridagi raqibi Ilya Topuriya(14-0) haqida gapirdi.
“U ajoyib raqobatchi. Bu yigit atrofida juda ko‘p shov-shuvlar yuradi, u kuchli va mag‘lubiyatning achchig‘ini bilmaydi. Ko‘pchilik raqibimni xavfli deb aytishmoqda va men ham bu fikrga qo‘shilaman", – dedi avstraliyalik.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski oxirgi jangida Islom Maxachevga mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar