Volkanovski nima uchun Maxachevga qarshi jangga rozi bo‘lganini aytdi

  • 13 oktabr, 2023, 16:14
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Yarim engil vazn toifasi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski engil vazn divizioni chempioni Islam Maxachevga qarrshi jangga rozilik bergani sababini tushuntirdi.

"Katta xavf, katta mukofot deganidir. Ha, bu narsani aqlga sig‘dirish qiyin. Odamlar: "Agar mag‘lub bo‘lsang, boshqa hech qachon engil vazn toifasida chempionlik unvoniga yaqinlasholmaysan", deyishadi. Lekin man g‘alaba qozonsam nima bo‘ladi? Men g‘alaba qozonish va butun dunyoni hayratda qoldirish niyatidaman.

Mening o‘rnimda boshqasi bunday qilolmasdi. Ammo menga qiyinchilik yoqadi va buni meni faollashtiradi. Agar hayajonlashsam, xavfli odamga aylanib qolaman", - dedi Volkanovski.

Ma’lumot o‘rnida, Maxachev - Volkanovski o‘rtasidagi jang 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va turnirning markaziy to‘qnashuvi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!