Volkanovski Maxachevdan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi

  • 22 oktabr, 2023, 05:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovski Abu-Dabidagi turnirda Islam Maxachevga uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

"U meni "xay-kik"da ushladi. Jang oldidan kayfiyatim yaxshi edi. Jangga to‘liq tayyor edim.

Men uzr so‘ramoqchi emasman. Tayyorgarlik doim muhim, lekin o‘zim jangga rozi bo‘ldim. Shunday paytlar bo‘ladiki, o‘z qaroringizdan pushaymon bo‘lasiz. Puldan ham ko‘ra muhimroq, imkoniyatdan deyarli mahrumman. Revansh haqida gap-so‘z yo‘q", - dedi Aleksaendr Volkanovski.

Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan turnirda Aleks Volkanovskini mag‘lub etib, engil vazn toifasi chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!