Voleybolchilarimiz xalqaro musobaqada kumush medalga sazovor bo‘lishdi
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Shri-Lankadagi "CAVA Menʻs volleyball challange cup Colombo 2023" turniridagi ishtirokini yakunladi. Yigitlarimiz finalda mezbon jamoaga qarshi bahs olib borishdi.
Qiziqarli uchrashuvda shri-lankaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va hamyurtlarimizga kumush medallar nasib etdi. Ahamiyatli tomoni, terma jamoamiz a’zolaridan Mirziyod Murodov “Eng yaxshi to‘p uzatuvchi”, Azizbek Qo‘chqorov esa “Eng yaxshi blokchi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lishdi.
MOQ matbuot xizmati



Fikrlar