Voleybol bo‘yicha terma jamoamiz xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashmoqda

BEPUL PROPAN

Shu kunlarda Nepalning Katmandu shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Janubiy va Markaziy Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqada guruh bosqich bellashuvlari o‘z yakuniga etdi, deya ma’lum qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz guruhdagi barcha bahsda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Musobaqa doirasida dastlab Bangladesh, keyin Turkmaniston va bugun Afg‘oniston terma jamoalari 3:0 hisobida taslim etildi. Turnir davomida birorta ham partiyani boy bermayotgan hamyurtlarimiz yarim final o‘yinini Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!