Voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi

  • 20 iyul, 2023, 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Toshkentda voleybol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi final bellashuvida hamyurtlarimiz qozog‘istonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan o‘yin qo‘shnilarimizning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Qozog‘iston jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston-1 jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston-2 qizlari bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Yigitlar o‘rtasidagi finalda Pokistonni 3:2 hisobida dog‘da qoldirgan Eron chempionlikni tantana qildi. Bo‘lajak chempionlarga yarim finalda imkoniyatni boy bergan yigitlarimizga bronza medallari topshirildi.

Toshkentda voleybol musobaqalari davom etadi. Endi 22-29 iyul kunlari poytaxtimiz 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!