
Vodiy derbisida yubiley o‘yin yoxud "Neftchi" - "Andijon" to‘qnashuvi oldidan
7-turning markaziy o‘yini sifatida qaralayotgan “Neftchi” – “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuvga darhaqiqat qiziqish nihoyatda yuqori darajada. Ushbu vodiy derbisi oldidan klublarning O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasiga to‘xtalmoqchimiz.
Navbatdagi to‘qnashuv bu jamoalarning yubiley 50-o‘yiniga aylanadi. Ilk vodiy derbisi 1992 yilning 7 may kuni bo‘lib o‘tgan. Farg‘onadagi bahsda maydon egalarining qo‘li baland kelgan – 2:0. Andijonliklarning ushbu raqibi ustidan ilk g‘alabasi 1995 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha yilning 3 iyun kuni Andijondagi bahsda jamoamiz 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.
O‘tgan yili har ikkala o‘yin ham Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazilgan. U paytda “Bobur arena” chimi yangilanayotgani sababidan “Andijon” vaqtincha uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionidan foydalanib turgan. Birinchi davrada “Neftchi” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi davrada 0:0 kuzatilgan.
O‘zaro bahslarda “Neftchi” 33 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. “Andijon”da esa 10 ta g‘alaba bor. 6 ta bahsda durang qayd etilgan.To‘plar nisbati 95x43 farg‘onaliklar foydasiga.
Farg‘onadagi oxirgi 5 ta o‘yin natijalari
2023 yil “Neftchi” – “Andijon” – 0:0
2020 yil “Neftchi” – “Andijon” – 1:3
2016 yil “Neftchi” – “Andijon” – 1:2
2015 yil “Neftchi” – “Andijon” – 0:1
2014 yil “Neftchi” – “Andijon” – 1:0
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar