Vlaxovich: "Bu men uchun terma jamoadagi eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi"

  • 13 oktabr, 12:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoaning JCh–2026 saralashida Albaniyaga qarshi (0:1) mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Bellashuvdan so‘ng bosh murabbiy Dragan Stoykovich iste’foga chiqdi

Tecno

"Bu mening terma jamoa safidagi faoliyatim davomidagi eng og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘ylaymanki, boshqa yigitlar ham shunday deb hisoblaydi. Bu biz uchun juda og‘ir kun. Biz yaxshi o‘ynamadik, so‘nggi o‘yinlarda ham g‘alaba qozona olmadik, Angliyadan katta hisobda yutqazdik — shu bois odamlar noroziligini tushunish mumkin. Bu hozirgi reallik, bu aniq. Ayniqsa, futbolchilarimiz qaysi klublarda o‘ynayotgani va maydonda qancha daqiqa o‘tkazayotganini hisobga olsak.

Endi olg‘a qarab harakat qilishimiz, birlashishimiz kerak. Atmosfera yaxshi, jamoamizda birdamlik bor. Albatta, hali ham ko‘tarilishlar ham, pasayishlar ham bo‘ladi. Bizda ko‘plab yangi futbolchilar bor, ularga moslashish uchun vaqt kerak", — deya ta’rif berib o‘tdi "Yuventus" klubi hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!