
Vlahovichning o‘yini "Real" rahbariyatiga har tomonlama ma’qul
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi "Real" rahbariyatiga juda yoqadi. "Diario AS" xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Dushan yozda jamoani jiddiy ravishda kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda.
Vlahovich kuzdan ham "Yuventus"ni tark etishi mumkin edi. Serbiyalik futbolchiga "Real"dan tashqari Angliya premer-ligasining "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli forvard "qirollik klubi"ning hozirgi bombardiri Karim Benzemaning o‘rnini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vlahovich joriy mavsum Italiya chempionatida 8 ta gol urdi.
Fikrlar