Vladimir Kozak: Men pulni emas, futbolni tanladim

  • 17 fevral, 2021, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" safidan erkin agent sifatida AGMK klubiga ko‘chib o‘tgan Vladimir Kozak klub matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

Tecno

"Ko‘proq futbol o‘ynashni va AGMK bilan ham o‘zimni sinab ko‘rishni ma’qul ko‘rdim. Oldimda qator takliflar bo‘lishiga qaramasdan, AGMKga o‘tishni lozim topdim. Ochig‘i, men pulni emas, balki futbolni tanladim.

O‘ylaymanki, AGMK jamoasi bilan OChLga muvaffaqiyatli to‘p tepib, qator g‘alabalarga erishamiz. Bu yo‘lda yangi jamoamga qo‘limdan kelgan barcha yordamni ayamayman. Mirjalol Qosimov bilan birga ishlash menga yoqadi. Rahbariyat va murabbiylar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga hamda muxlislarni xursand etishga harakat qilaman. Xullas, AGMKda aytiladigan shiorga amal qilamiz: Biz Bu Biz! Olg‘a, AGMK", - dedi Kozak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!