
Vladimir Bubanya: "Ko‘rinib turibdiki, barcha jamoa bilan o‘ynash mumkin"
“Andijon” jamoamizning etakchilaridan biri, tajribali himoyachi Vladimir Bubanya yangi mavsum uchun qur’a tashlangach, bu haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Ha qur’ani tomosha qildik. Birinchi turda “Nasaf” bilan tushdik. Yaxshi jamoa. Har bir raqib bilan o‘ynab chiqishimiz kerak, uyda ham, safarda ham.
Kichik bir muammo bo‘ladi, sababi 4 ta turni safarda o‘tkazamiz. Men o‘z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynashni kutgandim. Ko‘rinib turibdiki, barcha jamoa bilan o‘ynash mumkin.
Hozir vaqt bor, yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish kerak. Endi birinchi o‘yinga hozirlik ko‘ramiz. Ayni paytda Antaliyadamiz. Keyin Toshkentda yoki Andijonda shug‘ullanamiz. Asosiysi, yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz, har bir futbolchimiz bu o‘yinga tayyor holatda bo‘ladi, deb umid qilaman”, - dedi Bubanya.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar