
Vitaliy Ni: "Qo‘qon-1912" Liga kubogida g‘olib bo‘lmoqchi
O‘zbekiston Liga kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (1:0) so‘ng mezbonlar vakili Vitaliy Ni uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchidan muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz doim muxlislar uchun o‘ynaydi. Har doim o‘z oldimizga g‘alaba qozonishni maqsad qilib maydonga tushamiz. Biz o‘z oldimizga liga kubogini yutishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
O‘yinga keladigan bo‘lsak gol urganimizdan so‘ng, g‘alabani ushlab qolishga urindik. Balki chiroyli o‘yin ko‘rsatmagandirmiz, ko‘proq himoyalanishimizga ham to‘g‘ri keldi. Biroq yakunda o‘z maqsadimizga erishdik. Bu biz uchun eng asosiy masala edi", - deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar
Уйинлар сонини купайтириш максадида ЭРМАК у/н уйлаб топилган сопол кубокни кучага(мусорга)ташлаб юборинглар.