
Vitaliy Levchenko: "Uchrashuv oxirida yurakni xovuchlab o‘tirdik"
“Neftchi” – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.
- Bu o‘yinda gol urganimizga qadar to‘pni nazorat qilib turib, tezroq ximoyadan hujumga o‘tib turdik. Gol kiritilgandan so‘ng asabiylik paydo bo‘ldi. Uchrashuv oxirida yurakni xovuchlab o‘tirdik. Yaratganga shukr, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
- Bugun ikki xil taym ko‘rdik. Birinchisida xotirjam, ikkinchisida hujumkor futbol...
- Biz o‘z maydonimizdagi o‘yinlarni shunday ajoyib atmosferada o‘tkazmoqdamiz. Juda ko‘p muxlislar tashrif buyurishmoqda. Ular bizni oldinga chorlashmoqda. Qachonki, muxlislar bizni shunday qo‘llab-quvvatlar ekan, raqib tomon hujum qilish uchun qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Bizning muxlislarimizga katta respekt. Keyingi o‘y o‘yinlarimizda shunday stadionni to‘ldirib o‘tirishsa yigitlar maydonga yana faqat g‘alaba uchun tushishadi.
- Bir necha kun avval instagram sahifangizda yozilgan post haqida so‘ramoqchiman. Nima uchun bunday post yozdingiz yoki rostdan jamoada muammolar bormi?
- Muammolar xaqida ko‘p gapirib o‘tirmayman. Muammolar o‘zimizniki, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Biz rahbarlar bilan gaplashib oldik. Biz o‘z tomonimizdan, rahbariyat esa o‘z tomonidan vazifalarini bajarsa hammasi yaxshi bo‘ladi.
- Mirzohid G‘ofurov qachon tarkibga qaytadi?
- Unda ajoyib kurashuvchanlik xislati bor. Keyingi o‘yinlarda maydonga tushsa kerak. Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda.
- Bugungi uchrashuvni 10 balli tizimda baholasak, futbolchilaringizga necha ball qo‘ygan bo‘lardingiz?
- O‘yinlarimizda kamchiliklarimiz bor. Oxirgi daqiqalardagi asabiylik bo‘lmaganda maksimal ball qo‘yish mumkin edi. O‘yinimizda o‘sish bor. To‘g‘ri yo‘ldamiz, ballarning yarimi bor edi bizda, qolgan yarmini bugun o‘ynadik.
Fikrlar