Vitaliy Levchenko: "Paxtakor" bizga ustunlikni topshirib, ikkinchi raqamda harakat qilishini kutmagandik"

  • 2 iyul, 2024, 07:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ikkita tezkor qarshi hujum ortidan gollar o‘tkazib yubordik. Hisob minimal ko‘rinishda bo‘lgan paytda Effiong juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Agar undan foydalanganimizda, uchrashuv umuman boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi.

"Paxtakor" o‘zida bo‘lgan ikkita vaziyatni golga aylantirdi va ikkinchi bo‘limda to‘liq hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi. Raqib oldinga chiqib olgach, deyarli hujum qilish uchun bosh zona qoldirgani yo‘q. Futbol turli-tuman uslublari borligi bilan go‘zal. "Paxtakor" bizga ustunlikni topshirib, ikkinchi raqamda harakat qilishini kutmagan edik.

Hozir tahlilsiz nimadir deyish imkonsiz. Rotatsiya qilyapmiz. O‘yinlar orasi yaqin bo‘lgani bois, barcha tiklanishga ulgurgani yo‘q. Shuningdek, jarohat olganlar ham bor edi. Vaziyatni sinchiklab o‘rganib chiqamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
02/07/2024 08:27
Нима керак бахона килиб Нефтчи -ноль холатга тушиб булибди Локо билан булган уйинда куриниб колган эди