
Vitaliy Levchenko: "Ishonamanki, yigitlar bizning niyatimizni amalda ro‘yobga chiqaradilar"
1 mart sanasidan Superligada O‘zbekiston chempionati boshlanadi. "Neftchi" yangi mavsumga Turkiyaning Antaliya shahrida qariyb ikki oy tayyorgarlik ko‘rib qaytdi.
2 mart kuni jamoa a’zolari Jizzax shahrida "So‘g‘diyona" bilan birinchi bahsga kirishadi. Chempionat oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga qator savollar bilan murojaat qildik.
— Turkiyadagi yig‘inlar ko‘ngildagidek o‘tdimi?
— Antaliyadagi tayyorgarliklar jamoaning murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida ko‘ngildagidek o‘tdi.
— Jamoa tarkibini yangi mavsumga shakllantirish ishlari siz o‘ylagandek amalga oshdimi?
— Safimizga qo‘shilgan barcha yigitlar malakali futbolchilardir. Mavsumga tayyorgarlik mobaynida biz ularga jamoamizning rejalari va o‘yin strategiyasini to‘la singdirishga harakat qildik. Ishonamanki, yigitlar bizning niyatimizni amalda ro‘yobga chiqaradilar.
— Yangi mavsumda jamoa oldida qanday reja va vazifalar turibdi?
— Maqsad va niyatlarimiz har doimgidek yuksak va olijanob. Chunki, "Neftchi" azal-azaldan muxlislarni g‘olibona yurishlari va mahoratli harakatlari bilan mamnun etib kelgan. Bu mavsumda ham ana shu olijanob an’analar davom ettiriladi.
— Mavsum oldidan muxlislarga qanday tilaklaringiz bor.
— Tilagim shuki, jamoamizning o‘yinlari muxlislarimiz va ashaddiy jonkuyarlari orzu niyatlarini qondirishga munosib bo‘ladi. Ular hamisha o‘yingohdan xursandchilik va olqishlar bilan chiqishadi.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar