Vitaliy Levchenko: "Bugun raqibni maydonda ko‘rdingizmi?"

  • 16 iyun, 2024, 04:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

"Raqib birinchi bo‘limda hech nima taklif eta olmadi. Yosh bolalardek to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. Katta ustunlik qilsak-da, g‘alaba qozonish uchun gol etishmadi. G‘alabaga loyiq edik.

Effiong nega erta zaxiraga olindi? Agar meni o‘rnimga murabbiylik kursisiga o‘tirsangiz, qaror qabul qilishingiz mumkin. Ana shunda, kimni almashtirish va olib qolishni hal qilasiz. Sizningcha u yaxshi o‘ynadi-mi? Maydonda juda yomon ko‘rindi. Tezlik etishmadi. Hujumchilarga, mahorat, balki omad etishmagandir. Bugun raqib atigi 3 marta bizni yarim maydonimizga o‘tdi.

"Neftchi" birinchi taymdan farqli o‘laroq, ikkinchi bo‘limda mayda paslar bilan o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq? Buni taktika bilan hech qanday aloqasi yo‘q. 11 kishi bo‘lib himoyalanayotgan raqib bilan yanada qanday o‘ynash mumkin? Menga tushuntirib bering. Qanotlar yordamida, devor uslubida hujum qilishga urindik. Bugun raqibni maydonda ko‘rdingizmi? Yana nima haqida gapirish mumkin? 10 kishi jarima maydonchasi ichida turib himoyalandi. E’tibor bering".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
18/06/2024 05:09
Майдонда рақиб бўлмаса, бўш дарвозага ҳам ура олмадингларми?! Катта кетманг!! жаноб тренер. Ёмон ишлаяпсиз. "Сурхон"га борсанг, "Мама-а-а !!!" дейсан.
.... ....
16/06/2024 17:54
Rossiyada orisla Uzbelani juda yomon muomala qiladi, jua yomon koradi. Natsistla! Bu iflos murabbiyayakan. Uje nechi marta Uzbeklaga sirtdan millatchilik qilib Uzbeklani yurtida Uzbelani mensmayopti. Millati Ukrain bosayam usha natsist orislani tarbiyasini oganakan!!! Bunga xaddini bildirib qoyishkerak.