Virjil van Deyk yangi o‘yinchilarning “po‘stagini qoqdi”
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” etakchilaridan Virjil van Deyk jamoaga yangi kelgan futbolchilarning mavsum davomidagi o‘yiniga tanqidiy baho berdi.
- Klub transferlar masalasida ajoyib ishlarni amalga oshirdi, deb o‘ylagan edik, lekin yangi kelgan o‘yinchilar hali jamoani kuchaytira olgani yo‘q.
Sifatni boy berganimiz ochiq-oydin ko‘rinib qoldi. Bu xususiyat bizning oxirgi mavsumlardagi o‘ziga xos ustunligimiz edi.
Biz Luis Dias, Darvin Nunes, Jarell Kuansa, Xarvi Elliot kabi mahoratli o‘yinchilardan ayrildik. Klub ularning o‘rnini sifatli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qildi, lekin transfer bozori o‘ta murakkab ekanini yaxshi his qilamiz.
Endi barcha turnirlarda raqobat qila oladigan yangi va kuchli jamoani shakllantirish uchun ko‘proq ishlash talab etiladi va maqsadimiz ham shu, - dedi Virjil van Deyk Liverpool Echo jurnalistlariga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” yozda rekord darajada xarajat qilib, o‘z jamoasi safiga Florian Virts, Milosh Kerkez, Aleksander Isaak, Ugo Ekitike, Jovani Leoni kabi yangi ijrochilarni qo‘shib oldi.



Fikrlar