
Vinisiussiz jamoa yaxshi harakat qilmoqdami? Anchelotti javob berdi. (Matbuot anjumani)
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis bo‘lajak uchrashuv va Vinisius haqida gapirdi.
"Biz hali ham rivojlanib, yaxshilanib borayapmiz. Ertaga o‘zimizni yaxshi his qilamiz, degan umiddaman. "Atletiko"ga qarshi qiyin o‘yindan keyin biroz vaqt o‘tdi va tiklanishga ulgurdik.
Vinisius mashg‘ulotlarda qatnashmadi? Unda hammasi yaxshi edi, faqatgina biroz charchagan. U ertaga tayyor bo‘ladi, unda hech qanday muammo yo‘q, faqat charchoq bor, xolos.
Biz Asensioning terma jamoaga chaqiruvini nishonladik. Bu juda yaxshi yangilik, u bunga loyiq. Unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.
Vinisiussiz yaxshiroq o‘ynayapmizmi? Bema’nilik. Vinisius juda muhim futbolchi, biz buni muhokama qilmaymiz ham. U bizga ko‘plab sovrinlar olib keldi va ko‘plab muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonishimizga yordam berdi. U bu klub uchun ko‘p ish qildi va bundan ham ko‘proq narsani qila oladi.
Taqvim tufayli gavjum mavsum bo‘lmoqda. 2025 yilda biz 22 ta o‘yin o‘tkazdik. Yanvar oyidan beri har 3 kunda maydonga tushdik. "Aql bovar qilmaydi.
Bu mart va biz hali ham uchta chempionlik uchun kurashyapmiz - menimcha, biz yomon ishlamayapmiz" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar