Vinisiusning uyida yong‘in chiqdi

  • 9 oktabr, 17:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa futbolchi yashaydigan shahar chetidagi xonadonda ro‘y berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun tongda uyning podvalidagi saunaga o‘rnatilgan elektr simlarida nosozlik bo‘lgan va natijada yong‘in kelib chiqqan. Saunadagi osma shift butunlay yonib ketgan.

Tutun uyning ikki qavatini to‘ldirgan, lekin hech kimga zarar etmagan. Vinisius o‘sha payt uyda bo‘lmagan. Ikkita o‘t o‘chiruvchi guruh vaqtli etib kelib, yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!