Vinisiusning shov-shuvli transferi “pishyapti”. Yangi klubi nomi ma’lum

  • 2 dekabr, 07:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bilan yangi shartnoma tuzishga shoshilmayotgan braziliyalik legioner Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayter” shov-shuvli transferni amalga oshirib, Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manchesterliklar “Real”dagi ahvolidan norozi bo‘layotgan yulduz atrofida yuzaga kelgan vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Bundan foydalangan holda “Manchester Yunayted” rahbariyati bir yarim yillik shartnomasi qolgan o‘yinchi uchun madridliklarga 150 million evro to‘lashga rozilik berdi.

Ta’kidlash joizki, transferlarga ixtisoslashgan   Transfermarkt portalida ham Vinisius xuddi shu narxga baholangan.

2018 yildan beri “Qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelayotgan 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, oltita gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!