Vinisiusni 10 soniyada nokaut qilaman!

  • 8 yanvar, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Malorka” himoyachisi Pablo Maffeo “Real” hujumchisi Vinisius Junior bilan mushtlashsa nima bo‘lishi haqidagi hazil savolga javob berdi.

Tecno

- Vinisius bilan to‘qnashuvi tarixdagi eng tomoshabop janglardan bo‘lishiga aminman. G‘alaba qozonishimga aminman. Men uni 10 soniyadayoq nokaut qilaman, - dedi Pablo Maffeo.

Vinisius Junior “Real”da 2018 yildan beri o‘ynab keladi. Bugungi kunda braziliyalik hujumchi dunyoning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri hisobdanadi va uning transfer narxi 200 million evroga baholanmoqda.

Faoliyati davomida Angliya, Germaniya va Ispaniyaning bir necha jamoalarida to‘p tepgan 27 yoshli Pablo Maffeo esa, bugungi kunda atigi besh million evro turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!