
Vinisiusga jahon futbolida hech kim olmagan maosh beriladi
“Real”ning asosiy hujumchilaridan Vinisius Junior qiyin tanlov oldida turibdi. Braziliyalik futbolchining “Real” bilan uzoq muddatli shartnomasi amalda. Biroq u juda ko‘p mojaro va tanqidlarga duch kelmoqda.
Saudiya Arabistoni klublari esa, anchadan beri uni Professional ligaga chorlayapti va hali biror futbolchi olmagan maosh berishni va’da qilyapti.
Bu masala yana ko‘tarildi. Shayxlar “Qirollik klubi”ga Vinisius uchun 350 million evro badal puli to‘lashga tayyor.
O‘yinchining o‘ziga besh yillik shartnoma berib, umumiy bir milliard evro maosh belgilashni mo‘ljallamoqda.
Bundan tashqari, o‘yinchiga hashamatli uylar, qimmatbaho avtomobillar va boshqa katta-katta sovg‘a-salomlar beriladi.
Fikrlar