Vinisius rekord summaga sotiladi

  • 13 oktabr, 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi kelasi yoz braziliyalik legioneri Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klublaridan biriga rekord summaga sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Bir necha manbalarning yozishicha, “Al-Ahli” klubi 25 yoshli yulduzni olish uchun “Qirollik klubi”ga qariy 350 milion evro to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Shayxlar madridliklar bilan muzokara boshlagani aytilmoqda.

Agar Jidda shahri klubi braziliyalik yulduzni shu narxga transfer qila olsa, bu jahon futbolida yangi rekord bo‘ladi.

Ayni paytda futbol olamida eng qimmat narxga jamoa almashtirgan o‘yinchi Neymar hisoblanadi. 2017 yili “Pari Sen-Jermen” braziliyalik hujumchi uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.

Vinisius Juniorning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Tomonlar yangi bitim borasida kelisha olmayapti. Ayrim manbalar “Qirollik klubi” Vinisius Juniorni sotib yuborib, o‘rniga Erling Xolandni olib kelishni rejalashtirayotganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!