
Vinisius mavsum oxirida "Real"ni tark etishi mumkin
"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish taklifi haqida joriy mavsum oxirigacha bir qarorga kelmoqchi, bu haqida "ESPN" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Vinisius 2025 yilda Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi mumkin. Futbolchining vakillari "Los-Blankos" rahbariyatiga braziliyalik futbolchi hozirda klub bilan 2027 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga shoshmayotganligi va jamoani tark etishni ko‘rib chiqishi kerakligi haqida ma’lum qilgan.
Avvalroq, OAVda Saudiya klublaridan biri Vinisiusga yiliga 350 million evro maosh taklif qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. 24 yoshli hujumchi uchun tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 180 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar