
Vinisius La Ligani zabt etdi
“Real “hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topildi. Bu haqda Transfermarkt nashri xabar bermoqda.
Yangilangan reytingida yosh braziliyalikning qiymati 100 million evroga baholangan. Ikkinchi o‘rinni "Barselona" yarim himoyachisi Pedri egalladi. Uning transfer narxi 80 million evro etib belgilangan.
Kuchli uchlikni “Real” havbeki Federiko Valverde va “Atletiko” hujumchisi Joau Feliks yakunlab turibdi. Bu futbolchilarning narxi esa, 70 million evroni tashkil qiladi. Beshinchi o‘rin "Barselona"ning chap qanot himoyachisi Ansu Fatiga tegishli bo‘lib, uning narxi 60 million evro.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda "Real" Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, madridliklar UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibiga ham aylandi.
Fikrlar