
Vinisius Junior: "Real Madrid" trebl qayd etishga qodir"
Braziliya milliy terma jamoasi va "Real Madrid" klubi hujumchisi Vinisius Junior "Real Madrid" bilan trebl qayd etish istagi borligini ma’lum qildi.
“Ispaniya kubogi bizga har doim trebl yutishimizga to‘sqinlik qiladi. Chunki biz yanvar oyida juda qiyin raqiblarga qarshi o‘ynaymiz va aynan o‘sha paytda eng ko‘p o‘yinlar o‘tkaziladi. Shuning uchun kubok bahslarini yutish ancha qiyin bo‘ladi.
Biz har bir turnirda siz bosimga duch kelamiz. "Real" doimo o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonishni xohlaydi. Buni nafaqat futbolchilar balki, muxlislarning o‘zi ham talab qiladi.
Shuncha tashqi bosimlarga qaramay treblni qo‘lga kiritish maqsadimizdan aslo qaytmaymiz. Bu natija orqali klubda yangi va unutilmas sahifalar ochishni reja qilganmiz", - dedi "Real Madrid" vingeri.
Fikrlar