Vinisius Junior biznesmenni “er tishlatdi”
Braziliya terma jamoasi va “Real” klubi yulduzi Vinisius Junior la-korunyalik biznesmenga qarshi o‘tkazilgan sudda g‘olib chiqdi.
Gap shundaki, biznesmen 2018 yili futbolchining nomi ko‘rsatilgan brendni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ammo Vinisiusning o‘zsa, undan bir yil avval Vinicius Jr savdo markasini o‘z nomiga rasmiylashtirgan edi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, sudga tortilgan biznesmen o‘z pozitsiyasini himoya qilish jarayonida brendni ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida Vinisius Junior hali keng ommaga tanilmagani va bu nomning futbolchiga bog‘liqlik joyi yo‘qligini iddao qilgan.
Bu biznesmen 2023 yilda ham Vinisius Junior bilan sudlashgan va brend nomini Rim imperiyasi va o‘zining oilaviy kelishib chiqishi tarixiga bog‘lashgan uringan edi. O‘shanda ham sud uning vajlarini qabul qilmagan.
La-Korunya va Provintsial sudlar ham Vinisius Juniorning da’vosini qondirish bo‘yicha qaror chiqarib, biznesmenga brend registratsiyasini bekor qilishga va sud xarajatlarini to‘lash majburiyatini yukladi.



Fikrlar