Vinisius: "Javob bahsi qiyin bo‘ladi"

  • 13 aprel, 2023, 02:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinida "Chelsi"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan keyin Vinisius o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Men qilayotgan ishimdan juda mamnunman. Ammo eng yaxshi darajamga chiqish uchun harakatdan to‘xtamayman. Biz qanday klubga qarshi o‘ynaganimizni bilamiz. Ikkinchi uchrashuv qiyin o‘tadi. Yangi shartnoma? men bu erda butun umr qolaman, deb umid qilaman", - dedi braziliyalik vinger.

Vinisius ushbu o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchi ikkala golga ham assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!