Husanov Xolandni “Real”ga kuzatib qo‘yadi...

  • 10 sentabr, 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti”ga muxlislik qilishini inobatga olib, sports.uz portali ushbu klubga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

Tecno

“Manchester Siti” rahbariyati norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni klubda uzoqroq muddat olib qolish uchun unga katta maosh va 2034 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma bergan edi.

Tabiiyki, o‘tgan yilgi muzokaralar natijasida 25 yoshli to‘purar katta shartnomani qabul qilib, hujjatga imzo chekkan. Shunga qaramay, Erling Xoland “Real”da o‘ynash orzusidan voz kechgani yo‘q.

Ana shu maqsadda, Xoland amaldagi shartnomasiga o‘zining kelajagini nazorat qilish imkonini beradigan band kiritgan.

Defensa Central nashrining yozishicha, Xolandning “Real”ga transferi juda murakkab jarayon, lekin imkonsiz emas ekan. Futbolchining agenti Rafaela Pimenta bu transferni amalga oshirish uchun bittagina yo‘l bor. Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” braziliyalik legioner Vinisius Juniorni sotib yuborishi lozim. Bu holatda “Real” tarkibida Xolandga joy ochiladi va Madrid superklubi hisobiga “Manchester Siti”ga to‘lash uchun pul kelib tushadi.

Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola ayni paytda jamoani yangidan shakllantirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis yangi tarkibni Xoland atrofida shakllantirayotgani ochiq ko‘rinib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ham yangi jamoaning muhim bo‘lagiga aylanib bormoqda.

Qolaversa, Erling Xoland va Abduqodir Husanov do‘stona munosabatga ega. Norvegiyalik hujumchi legionerimizni qo‘llab-quvvatlab kelyapti. O‘z navbatida, Abduqodir ham Xolandni har bir goldan keyin tabriklashni kanda qilmayapti.

“Manchester Siti” bu o‘yinchini ketkazib xato qilgan

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zi boshqaruvni qo‘lga olganidan buyon qaysi futbolchining ketishi xato bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.

- Men hech qanday ikkilanishlarsiz Xesus Navas, degan bo‘lardim. Bu futbolchi biz bilan uzoqroq muddat qolishi kerak edi, - dedi ispaniyalik bosh murabbiy.

Xesus Navas “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadagi professional faoliyatini 2004 yili boshlagan o‘ng qanot himoyachisi 2013 yili “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. “Shaharliklar” safida to‘rt yil to‘p tepganidan keyin Navas qadrdon jamoasiga qaytib ketdi.

“Manchester Siti”ga 2016 yili bosh murabbiy etib tayinlangan Xosep Gvardiola Xesus Navas bilan bir yil birga ishladi.

Xesus Navas faoliyatini 2025 yilning yanvarida yakunladi. U klublar miqyosida 888 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 47 ta gol va 156 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Ispaniya terma jamoasi safida 56 marta maydonga tushib, 5 ta gol urgan himoyachi 2010 yili jahon chempioni, 2012 va 2024 yillarda Evropa chempionatlari g‘olibi va 2023 yili UEFA Millatlar ligasida bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Husanov jamoasiga xunuk xabar keldi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumning boshidayoq tarkib tanlashda etarlicha muammolarga duch keladigan ko‘rinadi.

Ayni paytda “shaharliklar” bir necha o‘yinchisini milliy terma jamoalarga qo‘yib, yana bir guruh futbolchilar, xususan Abduqodir Husanov jarohatini davolatyapti, qolgan 14 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” bilan bo‘ladigan derbiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xosep Gvardiolaga Misr terma jamoasiga jo‘nab ketgan hujumchi Umar Marmushdan xunuk xabar keldi. 2026 yilgi jahon chempionatining Afrika qit’asi uchun tashkil etilgan saralash turnirida Burkina-Fasoga qarshi o‘yinda maydonga tushgan 26 yoshli forvard tizzasidan jarohat oldi.

Jurnalist Ismoil Mahmudning ma’lum qilishicha, Marmush uchrashuvning boshidayoq shikastlangan. Bahsda hisob ochilmadi.

Umar Marmush   Misr terma jamoasi sharafini 2021 yildan beri himoya qilib keladi. U xalqaro miqyosda 37 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ygan.

Husanov – terma jamoada!

Mbappe Husanovning jamoasini tilga oldi

Gvardiola Husanov yordamida Amorimga syurpriz tayyorlayapti!

Xoland avtobusga urildi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

Husanovda ayb yo‘q!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!