Vinisius faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi

  • 23 yanvar, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Vinisius Junior o‘ziga Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubidan jiddiy taklif bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

Tecno

Ma’lumki, saudiyaliklar braziliyalik yulduzni olish uchun Madrid superklubiga 350 million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyorligini bildirgan edi.

- Kelajagim qanday bo‘ladi? Faoliyatim “Real Madrid”da davom etadi. Men sevimli klubim tarkibidagi gollarim sonini 101 taga etkazib olgandimdan behad mamnunman.

Bu klubga kelganimda yosh bola edim. “Real” tarixiga kirish imkoniyatini saqlab turganim meni dunyodagi eng baxtiyor odamga aylantiradi.

Yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishimda ko‘maklashayotgan jamoadoshlarimga alohida minnatdorlik bildiraman. Olg‘a, Madrid, - dedi Vinisius Junior.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” braziliyalik o‘yinchi bo‘yicha katta takliflar olayotganiga qaramay, o‘yinchi bilan yangi bitim tuzmoqchi. Vinisiusni hozirgi kelishuvi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli hujumchi “Real” safida barcha turnirlarda 291 ta uchrashuvda jami 101 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!