
Vinisius "chuchvara otmen!"
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior 2024 yilgi “Oltin to‘p”dagi g‘alabasini nishonlash uchun oldindan restoran va libos tayyorlab qo‘ygan. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik forvard Parij markazida 20 kishilik restoran band qilgan, shuningdek, oldindan bayramona kostyum tayyorlagan. Xabar qilinishicha, Anchelotti va taklif qilingan boshqa mehmonlar ushbu buyurtma qilingan restoranga kelishmaydi, chunki sovrinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri olishiga hamma ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ni aslida kim olishini bugun, 28 oktyabr kuni bilib olamiz. Marosim Parijdagi Shatle teatrida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Fikrlar