
Vinisius: Aqldan ozgan taqvim
Vinisius Junior qiyin o‘yin taqvimidan noroziligini bildirdi.
Avvalroq, "Real" vingeri son qismidagi jarohat tufayli bir oyga yaqin maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Vinisius La Liganing 14-turida "Leganes"ga (3:0) qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Biroq uchrashuvdan so‘ng futbolchi noqulaylikdan shikoyat qildi.
Futbolchining o‘zi olgan jarohatiga munosabat bildirdi:
"Aqldan ozgan taqvim... Men qayta tiklanishni boshlayman"!, deb yozdi braziliyalik.
Fikrlar