"Vilyarreal" futbolchisi "Barsa" sabab APL grandlarining taklifini rad etdi

  • 21 oktabr, 2024, 21:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 "Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baena Angliya Premer ligasining bir nechta top klublarining taklifini rad etmoqda. Futbolchi "Barsa"da o‘ynamoqchi.

Tecno

Ispaniyalik vinger bir necha kun oldin uning orzusi "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynash ekani haqida aytib o‘tgan edi. Baenaning "sariq suv osti kemasi" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘jallangan bo‘lib, "Transfermarkt"dagi narxi 50 million evroga baholanmoqda. Kataloniyaliklar hozirgi moliyaviy holatida bu transferni amalga oshirishi qiyin bo‘ladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Baena bu mavsum La Ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 23 yoshli futbolchi umumiy "Vilyarreal" safida 120 ta o‘yinda harakat qilib, 20 ta gol va 35 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!