
Villian "Arsenal"dan nega ketganini aytdi
"Korintians" klubi yarim himoyachisi Villian nima uchun "Arsenal"dan ketishga qaror qilganini aytdi.
"Men "Arsenal"da baxtli emasdim, chunki men u erda yuqori saviyada o‘ynamadim. Garchi dastlab menga hamma narsa yoqqan bo‘lsa-da, men jamoada o‘zimni xursand his qilmadim. “Arsenal” haqida yomon gapirishni istamayman, chunki u uzoq tarixga ega klub. Bu mening faoliyatimdagi eng qiyin davr edi”, - dedi braziliyalik futbolchi.
33 yoshli Villian 2020 yildan 2021 yilgacha “Arsenal”da o‘ynagan. Umuman olganda, u "kanonirlar" safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar