
Villi Sanol: "Biz Gruziya sharafini munosib himoya qila oldik"
Gruziya terma jamoasi murabbiyi Villi Sanol Turkiyaga uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
"Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va hisobni tenglashtira oldik. Futbolda mana shunday voqealar ham sodir bo‘lib turadi. Biz turnirda Gruziya sharafini munosib himoya qilamiz. Turkiyaning birinchi golijuda chiroyli bo‘ldi. Arda Gyulerniki undan ham oshib tushdi. Arda iqtidorli futbolchi.
Bizda ham bir qancha iqtidorli futbolchilar bor. Turnir davomida tajribamizni oshirib boramiz", - dedi Sanol.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya terma jamoasi "Evro-2024" turniri birinchi turida Turkiyaga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar