Villash-Boash o‘z arizasiga ko‘ra "Marsel"ni tark etdi
"Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash jamoani tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Klubning sport siyosatiga rozi emasligim sababli, iste’foga chiqishga ariza yozdim. Men Marseldan hech narsa istamayman. Menga pul kerak emas”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Mutaxassisning fikricha, "Marsel" rahbariyati u bilan maslahatlashmasdan, "Seltik" futbolchisi Olive Ntchama bilan shartnoma imzolagan.
43 yoshli Villash-Boash "Marsel"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. U bunga qadar "Portu", "Chelsi", "Tottenxem" va "Zenit" klublarida ishlagan.



Fikrlar