Villash-Boash "Marsel"ning taklifini rad etdi

  • 19 may, 2020, 17:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Marsel” klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning jamoadan ketish ehtimollari yanada ortdi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassis marselliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Bundan avvalroq esa Villash-Boashning do‘sti hisoblangan Andoni Subisarreta “Marsel” sport direktori lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan edi.

Villash-Boashning o‘zi ham klub rahbariyati bilan kelisha olmayapti va shu sababli ham jamoadan ketmoqchi. Rahbariyat esa uning o‘rniga nomzodlar qidirishni boshlab yuborgan.

“Marsel” joriy mavsum Frantsiya chempionatida PSJdan so‘ng 2-o‘rinni egalladi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!