Vilander: Nadalni yutish deyarli imkonsiz

  • 10 oktabr, 2020, 17:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

7 karra "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir g‘olibi Mats Vilander "Roland Garros" finaliga chiqqan Rafael Nadal haqida fikr bildirdi:

"Roland Garros"da qatnashayotganingda, sen 30 daraja issiq va quyosh ostida o‘ynashga tayyor bo‘lishing shart. Ba’zida esa, sovuq ob-havoda ham kortga chiqishingga to‘g‘ri keladi, masalan, may yoki iyun oylarida. Bugun Rafaning eng zo‘r o‘yinlaridan birini ko‘rdik.

Ammo bu erda bahonalar o‘tmaydi. Uni yutish esa deyarli imkonsiz. Ayniqsa, issiq iqlim uning uchun aynan mos keladi. Siz Nadal bilan 5 soat qumli qomlamali kortda o‘ynashingiz kerakligini tasavvur qiling. Boshqa istalgan musobaqadan ko‘ra, "Roland Garros" uning uchun afzal", deya sobiq shved sportchisining so‘zlarini keltirmoqda "Tennis World USA".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!