Viktor Lindelyof: "MYu bilan shartnomani ko‘rib ham chiqmaganman"

  • 10 yanvar, 2020, 18:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof klub bilan yangi shartnomani o‘ylanmasdan imzolagan ekan.

Shvetsiyalik futbolchi mavsum boshida "qizil iblislar" bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi "Old Trafford"da 2024-yil ezigacha qoladi.

"MYu menga yangi shartnoma taklif qilganida, o‘ylab o‘tirmasdan qo‘limga qalam oldim va imzo chekdim. U erda nima yozilganini o‘qib ham chiqmagandim.

Menga "Old Trafford" yoqadi, uzoq yillar shu maydon mezboni sifatida to‘p surmoqchiman. Asosiy maqsadim klub bilan birga ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritish, bir kun kelib klubning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishimga ishonaman", - deya aytib o‘tdi Lindelyof.

Joriy mavsumda shved MYu safida chempionat doirasida 20 ta o‘yinda 1 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!