Viktor Kumikov: "O‘yinni reja bo‘yicha o‘tkazdik, faqat gol ura olmaganimiz yomon bo‘ldi"

  • 6 iyun, 2022, 09:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 11-turidan o‘rin olgan "Yangier" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- O‘yin xususida nima deya olasiz?

- Bugun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Imkoniyatlarni ham yaratdik, faqat gol etishmadi. "Yangier" kuchli beshlikka kirishga harakat qilyapti. Shu sababli ular bilan o‘ynash qiyin kechdi. Hozir bu jamoa yuqoriga intilyapti. Yangi murabbiy jamoani o‘zgartirdi. Oxirgi 6 o‘yinni olsak, ular 2-o‘rinda borishyapti.

Afsuski, gol ura olmadik. Aslida o‘yinni reja bo‘yicha o‘tkazdik. Xatolar ham bo‘ldi. Imkoniyatlarni yaratdik, oxirgi zarbani berishda aniqlik etishmadi. Gol ura olmaganimiz yomon bo‘ldi.

- Bungacha asosan qanot himoyasida o‘ynayotgan Abdurahmon Komilov bugun oldinroqda o‘ynadi. Nima uchun pozitsiyasi o‘zgardi?

- Komilov himoyachi emas, yarim himoyachi. Bu uning pozitsiyasi. Shunchaki, futbolchini orqada o‘ynatib kelayotgandik.

- Shahboz Erkinov asosiy tarkibdan joy olmadi va zaxiradan maydonga tushirdingiz. Nega?

- Shahboz oxirgi 10 kun jarohat sabab mashg‘ulotlarda qatnashmagandi. Shuning uchun zaxirada qoldirdik.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!