Viktor Dyokeresh: “To‘rtta javobsiz gol – bu o‘yinni juda yaxshi o‘tkazganimizdan dalolat”

  • 22 oktabr, 13:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" forvardi Viktor Dyokeresh Chempionlar ligasi 3-turida "Atletiko" ustidan qozonilgan yirik (4:0) g‘alabani baholadi. Ushbu uchrashuvda shvetsiyalik hujumchi dubl qayd etdi.

Tecno

"O‘yinni juda yaxshi boshladik va shu darajani butun bellashuv davomida saqlab turdik. Albatta, raqib ham ma’lum vaziyatlarda xavfli bo‘ldi, lekin umumiy holatda o‘yinni to‘liq nazorat qildik. To‘rtta javobsiz gol urganimiz - o‘yinni qay darajada yaxshi o‘tkazganimizni ko‘rsatib turibdi.

Biz har doim olg‘a intilgan holda harakat qilamiz. Himoyada ham hammasi joyida, hujumda esa imkoniyat yaratsak, uni amalga oshirishda juda kuchli ekanimizga ishonaman. Bugun barchamiz o‘z ishimizni juda yaxshi bajardik.

Viktor Gyokeres of Arsenal celebrates after scoring their side's fourth goal during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD3 match between...

Ikkala golim ham chiroyli chiqdi! Birinchi gol paytida ozgina ofsayddamanmi, deb ikkilandim. Shuning uchun ham ikkinchi goldan keyin his-tuyg‘ularim ancha kuchli bo‘ldi", — deya ta’rif berib o‘tdi londonliklar forvardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!