Vidalning taqdiri o‘z qo‘lidami?

  • 28 mart, 2020, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati yarim himoyachi Arturo Vidalning jamoadagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

Tecno

Sportsmole nashri tarqatgan xabarga qaraganda, agar 32 yoshli chililik futbolchining o‘zi jamoadan ketishni istasa, u holda  “ko‘k-anor ranglilar” bunga qarshilik qilishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vidal “Inter” hujumchisi Lautaro Martines transferining bir qismiga aylanishi va Milanga yo‘l olishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Vidal “Barselona” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 84 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!