Vidal xitoyliklar taklifini rad etdi. U A Seriyadan taklif kutmoqda

  • 28 oktabr, 2019, 13:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" xavbeki Arturo Vidal Italiya A Seriyasida to‘p surish niyatida. La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchiga "Inter", aniqrog‘i – uni ustozi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Skira ma’lumotlariga ko‘ra, 32-yoshli Vidalning agenti ham "neradzurrilar" bilan futbolchining shaxsiy kelishuvi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Shuningdek, Vidal uchun Xitoy ligasi klublarining biridan taklif bo‘lgan, biroq u taklifga rad javobini bergan.

Joriy mavsumda chililik "Barselona" safida faqat bitta baxsni asosiy tarkibda boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!