
Vidal va Suares qatorasiga ikkinchi o‘yinda ham qaydnomaga kiritilmadi
“Barselona” bugun o‘rtoqlik o‘yinida “Jirona”ni 3:1 hisobida engdi.
Urugvaylik hujumchi Luis Suares va chililik yarim himoyachi Arturo Vidal bugungi uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi. Ular bundan avval, “Ximnastik”ga (3:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bellashuvida ham jalb qilinmagan edi. Aytish kerakki, har ikkala futbolchi jamoadan ketishi kutilmoqda.
Vidal “Inter”ga, Suares esa “Atletiko”ga o‘tishi aytilmoqda.
Fikrlar