
Vidal ketma-ket 8-marta top-5 chempionatlarida g‘olib bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha “Barselona” La Liganing 35-turida o‘z maydonida “Levante”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, bu kataloniyaliklarning chililik xavbeki Arturo Vidal uchun qatorasiga 8-chempionlik bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli futbolchi bungacha 2012-2015 yillarda "Yuventus" safida Italiya chempioni, 2016-2018 yillarda esa "Bavariya" bilan Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Vidal joriy mavsum “Barselona” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar