
Veynaldum PSJga o‘tganidan afsusda
Niderlandiyalik futbolchi Jorjino Veynaldum PSJga o‘tganidan afsuslanmoqda. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar berdi.
30 yoshli yarim himoyachining do‘sti u o‘zini bu erda yaxshi his qilmayotganini va Parij klubiga o‘tishi xato bo‘lganligini aytmoqda.
Jorjinoning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. U PSJ safiga yozgi transferlar oynasida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
Veynaldum bu mavsum Frantsiya chempionatining 4 o‘yinida maydonga tushdi.
Fikrlar