Veynaldum Frantsiyadan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatni izohladi

  • 25 mart, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum Niderlandiya terma jamoasining Evro-2024 saralashida Frantsiyadan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatini (0:4) izohladi.

Tecno

“Biz raqibga gol urishi uchun imkon berdik va o‘z vaziyatimizni o‘zimiz qiyinlashtirdik. Qandaydir bir yarim daqiqa ichida gol o‘tkazib yuborsangiz, bu unchalik yaxshi holat emas.

Birinchi bo‘limda bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, lekin biz frantsuzlarga o‘zlari xohlagandek o‘ynashiga imkon berdik”, - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi saralashning 2-turi doirasida navbatdagi uchrashuvidi 27 mart kuni Gibraltarga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!