
"Vest Xem"ning uzoq yillik sardori jamoasi bilan qayg‘uli tarzda xayrlashdi!
"Vest Xem" futbolchisi va jamoaning uzoq yillik sardori Mark Nobl klubdagi oxirgi o‘yinini o‘tkazdi. Amaldagi chempion "Manchester Siti"ga qarshi kechgan bahsda Noblning jamoasi uning hurmati uchun ham kuchli raqibdan 1 ochko olishga muvaffaq bo‘ldi - 2:2.
Uchrashuvning 16-daqiqasida 16-raqam ostida to‘p tepadigan Mark uchun muxlislar o‘rnidan turib, unga ehtirom ko‘rsatishdi.
Futbolchining o‘zi bellashuvning 77-daqiqasida Manuel Lansini o‘rniga maydonga tushdi. Og‘ir uchrashuvdan so‘ng "Vest Xem" rahbariyati yarim himoyachi uchun alohida esdalik sovg‘asini topshirdi. Nobl bu vaziyatda ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Mark 22 yildan beri London klubi safida to‘p tepadi. U bu muddat davomida klub bilan barcha musobaqalar doirasida 548 o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar