
"Vest Xem" Raysga o‘rinbosar topdi
Edson Alvares "Ayaks"dan "Vest Xem"ga ko‘chib o‘tish arafasida.
Niderlandiya klubi uning transferidan 40 million evro ishlab topadi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi. Bu summa o‘z ichiga bonuslarni ham oladi.
Kelishuv amalga oshganidan so‘ng meksimalik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va "bolg‘achilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
O‘tgan mavsumda Alvares Niderlandiya chempimonatida 31 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 3 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar