"Vest Xem" MYu va "Chelsi" qiziqayotgan 22 yoshli futbolchini qanchaga sotmoqchi?

  • 24 fevral, 2021, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi grandlar e’tiboriga tushib qolgan yarim himoyachisi Deklan Raysni qanchaga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

TalkSPORT tarqatgan xabarga ko‘ra, “bolg‘achilar” 22 yoshli futbolchining transferidan 115 million evro ishlab olmoqchi. Unga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Rays “Vest Xem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum jami 28 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!